Водный кодекс

54-modda. Suvdan umumiy foydalanish

Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi: o'zining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish; cho'milish; baydarkada va motorsiz qayiqda suzish; chorva mollarini sug'orish; sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlash. Suvdan umumiy foydalanish ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Tanho foydalanishga berilgan suv ob'yektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv iste'moliga ushbu suv ob'yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan suv xo'jaligi organlari, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi organlari bilan kelishilgan holda (ichki sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlariga oid qismida) belgilangan shartlarga ko'ra yo'l qo'yiladi, zarur bo'lganda esa bunday suvdan foydalanish qonunchilikka muvofiq taqiqlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.