Водный кодекс

53-modda. Suv ob'yektlaridan va suv xo'jaligi ob'yektlaridan foydalanish muddatlari

Suv ob'yektlari va suv xo'jaligi ob'yektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi. Muddati belgilanmagan holda suvdan foydalanish suv ob'yektlaridan va suv xo'jaligi ob'yektlaridan doimiy foydalanish deb e'tirof etiladi. Suv ob'yektidan va suv xo'jaligi ob'yektidan vaqtincha foydalanish muddati uch yildan kam bo'lmasligi va qirq to'qqiz yildan oshmasligi kerak. Suv ob'yektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari manfaatdor bo'lgan suvdan foydalanuvchilarning iltimosnomasiga ko'ra suv ob'yektini tanho foydalanishga berish to'g'risida qaror qabul qilgan yoki suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.