Водный кодекс

21-modda. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: suv resurslarini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, suvning hisobini va uning hisobotini yuritish; suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta'sirining oldini olish hamda uni bartaraf etish sohasida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish; davlat suv kadastrini umumlashtirish va yuritish; O'zbekiston Respublikasining suv to'g'risidagi qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish; manfaatdor davlat organlari ishtirokida suv xo'jaligi sohasida davlat dasturlari, strategiyalar va kontseptsiyalar loyihalarini ishlab chiqish; suv xo'jaligi balansini yuritish, irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar uchun suv olish kvotalari va limitlarini belgilash; yerlarning meliorativ holatini, yer usti va yer osti suvlarining minerallashuvini hamda kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holatini monitoring qilish va ularni yaxshilash bo'yicha choralar ko'rish; suv ob'yektlaridagi suvlarni va suvdan foydalanishni davlat tomonidan hisobga olish; transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo'yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek xalqaro tashkilotlarning suv xo'jaligi sohasidagi faoliyatida ishtirok etish; Respublika suv kengashining ishchi organi funktsiyasini bajarish; tegishliligi bo'yicha suv va suv xo'jaligi ob'yektlarining xavfsizligini va ulardan foydalanishni ta'minlash; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; belgilangan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanuvchilarga suv yetkazib berilishini ta'minlash; suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalarni kelishish; suv resurslarini hisobga olishning va suv xo'jaligida elektr energiyasi iste'molining shaffofligini va to'liqligini ta'minlash; sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq eroziyasining, sho'rlanishining va yuvilib ketishining oldini olish bo'yicha zarur choralar ko'rish; suv xo'jaligi ob'yektlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilish. O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining vakolatlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.