Водный кодекс

20-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o'z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilash; o'z hududidagi suv resurslaridan foydalanilishini tartibga solish va ularni muhofaza qilishga doir talablarga rioya etilishini ta'minlash; suvdan va suv resurslaridan kompleks hamda oqilona foydalanish, ularni boshqarish, hisobga olish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta'sirining oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida vazirliklar, idoralar hududiy organlarining, boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish; tegishli havza (yoki hududiy) suv kengashlarining yoki tumanlar suv kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etish; suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha aniq manzilli ro'yxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek ularni amalga oshirishda ko'maklashish; suvdan foydalanuvchilarning va suv yetkazib beruvchi tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash; sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta'mirlash hamda tiklash va shaxsiy tomorqa yer uchastkalariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda ko'maklashish; suv ob'yektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta'sirining, shuningdek bulg'anishining oldini olish hamda uni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish, avariyalar, toshqinlar, sellar va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo'lgan ob'yektlarni qayta tiklash; suv fondi yerlaridan samarali foydalanish masalalarida ko'maklashish; suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlarini saqlash xarajatlarini qonunchilikka binoan moliyalashtirish; suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlariga suv resurslarini boshqarishda ko'maklashish. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.