Водный кодекс

121-modda. Suv ob'yektlaridagi favqulodda ekologik vaziyat yoki ekologik ofat zonalari

Xo'jalik faoliyati yoki tabiiy jarayonlar natijasida insonlar sog'lig'iga, hayvonot va o'simlik dunyosiga, atrof tabiiy muhitning holatiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf soladigan o'zgarishlar sodir bo'ladigan suv ob'yektlari, ularning qismlari hamda ularning suv to'planadigan maydonlari favqulodda ekologik vaziyat yoxud ekologik ofat zonalari deb e'lon qilinishi mumkin. Suv ob'yektlaridagi favqulodda ekologik vaziyat zonalari deb tabiat muvozanatining buzilishi, tabiiy ekologik tizimlarning buzilishi bilan bog'liq bo'lgan, tabiiy muhitdagi barqaror yoki qaytarilmaydigan o'zgarishlar sodir bo'lgan yoki sodir bo'layotgan hududlar uchastkalari e'lon qilinadi. Suv ob'yektlaridagi favqulodda ekologik vaziyat yoki ekologik ofat zonalari ekologik ahvol yomonligining yuqoriroq darajasini aks ettiruvchi bitta yoki bir necha asosiy va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha belgilanadi. Suv ob'yektlaridagi favqulodda ekologik vaziyat yoki ekologik ofat zonalari deb e'lon qilish to'g'risidagi qarorlar qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Suv ob'yektlaridagi favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalarida shu vaziyatni (ofatni) keltirib chiqargan ishlar to'xtatib turiladi, atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir etuvchi faoliyat (aholiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq faoliyatdan tashqari) taqiqlanadi, uni tiklash va sog'lomlashtirish choralari ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.