Vakolatli davlat organi sug'urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish bo'yicha vazifalarni bajarish uchun quyidagi choralarni ko'radi:
sug'urta tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari to'g'risidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilaydi;
sug'urta tashkilotlari faoliyatidagi ular ko'rsatadigan xizmatlar iste'molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, shuningdek ularning oldini olish choralarini ko'radi;
o'z xizmatlari iste'molchilarining huquqlari buzilishiga yo'l qo'ygan sug'urta tashkilotlariga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llaydi;
sug'urta tashkilotlari xizmatlari iste'molchilarining buzilgan huquqlarini tiklash borasida maslahatlar beradi va ko'maklashadi;
aholining va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko'radi.
Vakolatli davlat organi O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozori to'g'risidagi axborotni aniqlaydi va o'zining rasmiy veb-saytida e'lon qiladi.
Sug'urta bozori professional ishtirokchilari iste'molchilar bilan o'zaro munosabatlarda o'z faoliyatiga qo'yiladigan talablarga rioya etishini tekshirish uchun vakolatli davlat organi o'z xodimlari sug'urta bozori professional ishtirokchilari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni sotib olishi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirishga haqli.
Nazorat tadbirlari sug'urta bozorining professional ishtirokchilarini oldindan xabardor qilmasdan o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun
64-modda. Sug'urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish choralari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.