«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

63-modda. Sug'urta xizmatlari iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

(63-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонунига асосан учинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Sug'urta xizmatlarining iste'molchilari sug'urtalovchini va sug'urta xizmatlarini tanlashda erkindir. Sug'urtalovchilar iste'molchining talabiga binoan unga sug'urta xizmatlarini ko'rsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart. Sug'urtalovchi shaxsni sug'urta xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanish sharti sifatida sug'urtalovchining yoxud o'zga uchinchi shaxsning boshqa sug'urta xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanishga majburlamasligi kerak. Sug'urta xizmatlarini ko'rsatish jarayonida sug'urta xizmatlari iste'molchilariga sug'urtalovchi tomonidan quyidagilar haqida haqqoniy va to'liq axborot taqdim etilishi shart: sug'urtalovchi (oshkora axborotni) va uning sug'urta agenti haqida (vositachi ishtiroki mavjud bo'lganda); sug'urta xizmati, uning narxi (sug'urta mukofoti), sug'urta mukofotini qaytarib berish shartlari, sug'urta xizmatining iste'molchi uchun afzalliklari va kamchiliklari haqida; sug'urta bilan himoyalangan tavakkalchiliklar, sug'urta hodisasi hisoblanadigan va hisoblanmaydigan (istisno) holatlar, sug'urta tovoni (sug'urta to'lovi) miqdori, sug'urtalovchi va sug'urta xizmatlari iste'molchilarining majburiyatlari hamda ularni bajarmaslik oqibatlari va sug'urta da'volarini hal etish tartibi haqida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.