«Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonun

48-modda. Sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) tomonidan prudentsial normativlarga rioya etilishi

Sug'urta (qayta sug'urta) tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash hamda sug'urta xizmatlari iste'molchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sug'urtalovchilar (qayta sug'urtalovchilar) belgilangan prudentsial normativlarga rioya etishi shart, ushbu normativlarni hisoblab chiqarish tartibi va yo'l qo'yiladigan qiymatlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Prudentsial normativlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdorini; to'lovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik normativini; sug'urtalovchilarning (qayta sug'urtalovchilarning) alohida tavakkalchiliklar bo'yicha majburiyatlari normativini; sug'urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish bo'yicha normativni; vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan boshqa prudentsial normativlarni. Prudentsial normativlarga kelgusidagi o'zgartishlar ushbu o'zgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin vakolatli davlat organi tomonidan rasmiy ravishda e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.