«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

9-modda. Davlat sog'liqni saqlash tizimini mablag' bilan ta'minlash

(9-модданинг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat sog'liqni saqlash tizimini mablag' bilan ta'minlash manbalari quyidagilardan iborat: davlat byudjeti mablag'lari; tibbiy sug'urta mablag'lari; fuqarolarning sog'lig'ini saqlashga mo'ljallangan maqsadli fondlarning mablag'lari; davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy yordam ko'rsatganlik uchun va pullik xizmatlar ko'rsatganlik uchun olingan mablag'lari; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sog'liqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari; banklarning kreditlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.