«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

8-modda. Davlat sog'liqni saqlash tizimi

(8-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Davlat sog'liqni saqlash tizimiga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog'liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo'linmalari kiradi. Davlat sog'liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo'lgan va davlat sog'liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo'ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o'tkazadigan ta'lim tashkilotlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog'lig'ini saqlash bilan bog'liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi. Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar davlat sog'liqni saqlash tizimiga kiradi. Davlat sog'liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko'rsatadi. Bepul tibbiy yordam ko'rasatish hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilangandan ortiqcha tibbiy va boshqa xil xizmatlar ko'rsatish qo'shimcha xizmatlar bo'lib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.