Har bir fuqaro o'z sog'lig'ining holati to'g'risida ma'lumot, shu jumladan tekshirish natijalari, qanday kasali borligi, qanday tashxis qo'yilganligi, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bog'liq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarni olish huquqiga ega.
Fuqaroning sog'lig'i haqidagi ma'lumotni uning o'ziga, o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxslar hamda qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar sog'lig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni esa ularning qonuniy vakillariga davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori, bo'lim mudiri yoki tekshirish va davolashda bevosita qatnashayotgan boshqa mutaxassislar beradi.
Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu haqda fuqaroga va, basharti uning o'zi oila a'zolariga xabar qilishni taqiqlamagan va (yoki) bunday ma'lumot berilishi uchun biror shaxsni tayinlamagan bo'lsa, bemorning oila a'zolariga tibbiy-odob me'yorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.
Fuqaroning talabiga muvofiq unga sog'lig'ining holatini aks ettiruvchi tibbiy hujjatlardan ko'chirmalar beriladi.
Fuqaroning tibbiy hujjatlarida aks etgan ma'lumotlar shifokorlik siri bo'lib, u faqat ushbu Qonun 45-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslardagina fuqaroning roziligisiz taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
25-modda. Fuqarolarning o'z sog'lig'ining holati to'g'risida ma'lumot olish huquqi
(25-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 1999 йил 15 апрелдаги 772–I-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 1999 й., 5-сон, 124-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.