«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

24-modda. Bemorning huquqlari

(24-модда биринчи қисмининг ўнинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bemor tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega: tibbiyot xodimlari va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat ko'rsatishlari; shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash; sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o'tish, davolanish va parvarish qilinish; O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilab qo'ygan tartibda o'z iltimosiga ko'ra boshqa mutaxassislarning konsilium qilishi va ulardan maslahatlar olish; tibbiy yordam so'rab murojaat qilganligi, sog'lig'ining holati, qo'yilgan tashxis to'g'risidagi ma'lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar sir saqlanishi; tibbiy aralashuvga o'z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish; o'z huquq va burchlari xususida hamda sog'lig'ining holati haqida ma'lumot olish, shuningdek sog'lig'ining holatiga doir ma'lumotlarni uning manfaatini ko'zlagan holda bersa bo'ladigan shaxslarni tanlash; ixtiyoriy tibbiy sug'urta doirasida tibbiy va boshqa xil xizmatlardan foydalanish; tibbiy yordam ko'rsatish vaqtida sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda ko'rilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi; huquqini himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil qo'yilishi. Huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili bevosita davolash-profilaktika muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.