«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

19-modda. Voyaga yetmaganlarning huquqlari

(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-653-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2020 й., 03/20/653/1592-сон)

Davlat voyaga yetmaganlarning sog'liqni saqlash huquqlarini ularning jismoniy, ma'naviy rivojlanishi uchun, kasalliklarning oldini olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, maktablarda va boshqa muassasalarda tibbiy xizmatni yo'lga qo'yish orqali ta'minlaydi. Voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega: Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida bo'lish hamda bolalar va o'smirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish; sanitariya-gigiyena ta'limi olish, o'qish hamda o'zlarining fiziologik xususiyatlari va sog'lig'iga mos sharoitlarda mehnat qilish; kasbga yaroqliligini aniqlash chog'ida byudjet mablag'lari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish; sog'liqlari to'g'risida o'zlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish. O'n to'rt yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar ma'lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko'ra byudjet mablag'lari, xayriya jamg'armalari va boshqa fondlarning mablag'lari, shuningdek ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning mablag'lari hisobidan ijtimoiy himoya tizimi muassasalarida yashashlari mumkin. Ota-onalar yoki boshqa shaxslarning o'z tarbiyasidagi voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini buzishlari, ularni tarbiyalashdan bo'yin tovlashlari, voyaga yetmaganlar bilan ularning sog'lig'iga zarar yetkazadigan darajada shafqatsiz munosabatda bo'lishlari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.