Har bir fuqaro davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, o'zida ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan kasalliklar bor-yo'qligi yuzasidan, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy jihatlari yuzasidan bepul maslahatlar olish, shuningdek tibbiy-irsiy hamda boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar olish va tekshiruvdan o'tish huquqiga ega.
Har bir oila o'ziga oilaviy shifokor tanlash huquqiga ega.
Bolali oilalar fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasida qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
Uch yoshga to'lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko'ra qo'shimcha qarovga muhtoj bo'lgan katta yoshdagi kasali og'ir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a'zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo'lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
18-modda. Oila sog'lig'ini saqlash
(18-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.