Islomiy moliya faoliyati doirasida jami daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi:
1) islomiy moliya faoliyati bo'yicha mukofot tarzidagi daromad;
2) islomiy sug'urta va islomiy qayta sug'urta tashkilotining sug'urta, qayta sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha daromadi.
Ushbu Kodeks 299-moddasi to'rtinchi qismining qoidalari islomiy moliya operatsiyalari doirasida beriladigan qarzlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Islomiy moliya faoliyati doirasida mijozlarning to'lovlarni kechiktirishi natijasida undirilgan jarimalar, penyalar hisobidan xayriya qilingan mablag'lar foyda solig'i bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
480⁵-modda. Islomiy moliya operatsiyalariga foyda solig'i solish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.