Quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'i solishdan ozod qilinadi:
1) islomiy qimmatli qog'ozlar (sertifikatlar) bilan bog'liq operatsiyalar. Islomiy qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog'ozlarni saqlash, qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog'ozlarni o'tkazish hamda ularning reyestrini yuritish, qimmatli qog'ozlar savdosini tashkil etish bo'yicha operatsiyalar kiradi, bundan ularni tayyorlash bo'yicha xizmatlar mustasno;
2) islomiy moliya faoliyati doirasida ishonchli boshqaruv (vositachilik) shartnomalari asosida bank va mikromoliya tashkiloti tomonidan ishonchli boshqaruvning muassisiga (komitentga) pulli asosda ko'rsatilgan xizmatlar;
3) islomiy moliya faoliyati doirasida mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berishda ushbu mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berish bo'yicha barcha ijara to'lovlari summasi va sotib olish narxi o'rtasidagi ijobiy farq;
4) banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya faoliyati doirasida tuziladigan shartnomalar bo'yicha mijozga (xaridorga) realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo'yiladigan ustama.
lex.uz’dagi asl matn480⁴-modda. Islomiy moliya operatsiyalariga qo'shilgan qiymat solig'i solish
Oddiy tilda
**Islomiy moliya operatsiyalariga qo'shilgan qiymat solig'i solish**
Nimani anglatadi
Islomiy moliya operatsiyalari — bu islomiy qonunlarga muvofiq bank va moliya tashkilotlari tomonidan olib boriladigan ish-harakatlari. Qo'shilgan qiymat solig'i solishdan ozod qilingan operatsiyalar: islomiy sertifikatlar bilan ishlash, ishonchli boshqaruv xizmatlari, islomiy ijaraga mol-mulk berish va tovarlarni sotish bo'yicha ustama.
Kimga tegishli
Bu qonun banklar, mikromoliya tashkilotlari va islomiy moliya faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarga tegishli.
Amalda
Agar bank islomiy ijaraga mashinani bersa va ijara to'lovlari 100 million so'm, sotib olish narxi 80 million so'm bo'lsa, 20 million so'mlik ijobiy farq soligga tabi emas. Yoki islomiy sertifikat sotuvchi kompaniya sertifikat reyestrini yuritish xizmati uchun to'lov oladigan bo'lsa, bu to'lov soligga tabi emas.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.