Aylanmadan olinadigan soliqni to'lovchilar (bundan buyon ushbu bo'limda soliq to'lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e'tirof etiladi:
1) soliq davrida jami daromadi bir milliard so'mdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu bo'limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi bir milliard so'mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar.
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1) O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga va o'zini o'zi band qilgan shaxslarga;
2) aktsiz solig'i to'lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
3) yuridik shaxslar — qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug'oriladigan qishloq xo'jaligi ekin maydoni mavjud bo'lsa;
4) benzin, dizel yoqilg'isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
5) lotoreyalarni tashkil etish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o'z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo'yicha, bundan islomiy moliya operatsiyalari bo'yicha banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat mustasno;
7) bo'sh turgan binolar, yashash uchun mo'ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan ob'yektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo'lgan yuridik shaxslarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo'yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob'yektlarni (joriy va kapital ta'mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo'yicha turg'un savdo shoxobchalariga;
10) bozorlarga va savdo komplekslariga;
11) soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
12) auditorlik tashkilotlariga;
13) notijorat tashkilotlariga, shu jumladan byudjet tashkilotlariga;
14) dori vositalari, tibbiy buyumlar savdosi bilan shug'ullanuvchi korxonalarga va (yoki) tibbiy xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarga;
15) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni sotish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
461-modda. Soliq to'lovchilar
(461-модда иккинчи қисмининг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.