O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob'yekti hisoblanadi.
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlari;
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo'ljallanmagan ob'yektlar.
Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo'ljallanmagan ob'yektlarga ushbu ob'yektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob'yektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo'lsa, ushbu ob'yektning qurilishiga vakolatli bo'lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e'tiboran yigirma to'rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob'yektlar kiradi;
4) ko'p kvartirali uylarga uzviy bog'liq bo'lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
419-modda. Soliq solish ob'yekti
(419-модданинг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-659-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/659/1681-сон — 2021 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.