Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish ob'yekti deb tan olinadigan mol-mulki bo'lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo'jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining soliq to'lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to'lovchilar deb yuritiladi) deb e'tirof etiladi.
Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo'lmasa, shuningdek ko'chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo'lsa, o'sha shaxs soliq to'lovchi deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
418-modda. Soliq to'lovchilar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.