Soliq kodeksi

315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari

(315-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek sug'urta tashkilotlari qonunchilik talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, quyidagi normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi: banklar tomonidan — qonunchilikda belgilangan normaning 80 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda; nobank kredit tashkilotlari va sug'urta tashkilotlari tomonidan — qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan yuqori bo'lmagan miqdorda. Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan bo'lsa, tashkil etilgan zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.