Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha quyidagi chiqimlar hisobga olinadi:
1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan qo'shilgan qiymat solig'i summasi;
2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qo'shilgan qiymat solig'i summasi;
3) ushbu Kodeksning 270-moddasida ko'rsatilgan holda qo'shilgan qiymat solig'iga tuzatish kiritish summasi.
Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi hisobga olinmaydigan qo'shilgan qiymat solig'i summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli:
1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qo'llashda;
2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin bo'lmasa, qo'shilgan qiymat solig'iga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda;
3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qo'shilgan qiymat solig'iga tuzatish kiritishda.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
314-modda. Qo'shilgan qiymat solig'iga doir xarajatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.