Soliq kodeksi

295-modda. Soliq solish ob'yekti

Soliq to'lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig'i (bundan buyon ushbu bo'limda soliq deb yuritiladi) bo'yicha soliq solish ob'yekti hisoblanadi. Ushbu bo'lim maqsadida quyidagilar foyda deb e'tirof etiladi: 1) yuridik shaxs uchun — ushbu bo'limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o'rtasidagi farq; 2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — ushbu Kodeksning 49-bobida belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo'limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o'rtasidagi farq; 3) norezident uchun — ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar; 4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo'limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o'rtasidagi farq; 5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko'rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to'g'ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag'lar summasi o'rtasidagi farq.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.