Soliq kodeksi

261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash

(261-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat: 1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi); 2) tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo'lgan bojxona yuk deklaratsiyasi, milliy va xorijiy elektron savdo maydonchalarida (elektron savdo platformalarida) xorijiy davlatlarga realizatsiya qilingan tovarlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo'lgan hujjatlar; 3) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o'tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o'tganligini tasdiqlovchi belgisi qo'yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari. Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga ushbu Kodeksning 133-moddasiga muvofiq tovarlar bojxona chegarasini kesib o'tganligi to'g'risida taqdim etilgan ma'lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo'ladi. Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo'yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo'shimcha tarzda soliq to'lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko'chirma nusxasi) taqdim etiladi. Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Soliq to'lovchining amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab nol soliq stavkasini qo'llash huquqini tasdiqlash uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati hamda ularni taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.