Nol darajali stavka bo'yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
1) O'zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
2) ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O'zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo'lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g'amlab qo'yilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan yoqilg'i va yonilg'i-moylash materiallari g'amlab qo'yilgan narsalar deb e'tirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog'ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O'zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog'liq bo'lgan xizmatlar;
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog'liq bo'lgan xizmatlar.
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 264-moddasida belgilangan.
Nol darajali stavkani qo'llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish
Oddiy tilda
**EKSPORT OPERATSIYALARIGA SOLIQ SOLISH**
Nimani anglatadi
Eksport — bu O'zbekistondan chet elga tovar yoki xizmat yuborish. Davlat bu operatsiyalarga 0% soliq stavkasini qo'llaydi, ya'ni soliq to'lanmaydi. Bu biznesga eksport qilishni osonlashtiradi va mahsulotlarni arzonroq qilib beradi.
Kimga tegishli
Bu qoida eksport qiluvchi kompaniyalar, tashish xizmatlari va xalqaro savdoga shug'ullanuvchi barcha tadbirkorlarni qamrab oladi.
Amalda
Tashkentdagi tekstil fabrikasi Germaniyaga 10 tonna paxta matoni eksport qiladi. Fabrika 0% soliq stavkasini qo'llaydi, shuning uchun mahsulot narxi kamayadi va Germaniya bozorida raqobatbardosh bo'ladi. Fabrika soliq hisobotiga eksport hujjatlarini (bojxona deklaratsiyasi, tashish shartnomasi) birga taqdim etadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.