Soliq kodeksi

213-modda. Javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holatlar

Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas: 1) soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi; 2) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi; 3) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari o'tib ketganligi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo'lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.