Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo'yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Agar jismoniy shaxs tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlikda ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, bu huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
Yuridik shaxsning soliq to'g'risidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikka tortilishiga mazkur huquqbuzarlik sodir etilganligi fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida aniqlanganligi asos bo'ladi.
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini ma'muriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi uni to'lanishi kerak bo'lgan soliqlar (yig'imlar) va penyalarning summalarini to'lash (o'tkazish) majburiyatidan ozod etmaydi.
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o'zining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor emasligini isbotlashi shart emas.
Soliqqa oid huquqbuzarlik fakti va shaxsning uni sodir etishda aybdorligi to'g'risida dalolat beruvchi holatlarni isbotlash majburiyati soliq organlarining yoki bunday huquqbuzarliklarni aniqlagan vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
212-modda. Javobgarlikka tortishning umumiy shartlari
(212-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.