Soliq kodeksi

137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari

(137-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан 4-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq tekshiruvlari soliq to'lovchilar, yig'imlarni to'lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o'tkaziladi. Soliq tekshiruvi soliq to'lovchi to'g'risida soliq organlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o'tkazadi: 1) kameral soliq tekshiruvi; 2) sayyor soliq tekshiruvi; 3) soliq auditi; 4) transfert narxning shakllanishini tekshirish. Tadbirkorlik sub'yektlari yuqori barqarorlik reytingining «AAA» toifasidagi tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno) soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlar mustasno).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.