Vakolatli organlarning soliq to'lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida ko'rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to'lovchilarni soliq bo'yicha hisobga olish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq to'g'risidagi qonunchilik buzilishlari, o'zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi o'zida mavjud materiallar to'g'risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar o'rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
Soliq to'lovchi (soliq agenti) to'g'risida qonunchilik talablarini buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq nazorati materiallari O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq to'lovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
135-modda. Soliq nazorati to'g'risidagi umumiy qoidalar
(135-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.