Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning (bundan buyon ushbu moddada mijoz deb yuritiladi) hisobvarag'i yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvarag'i yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining o'zgartirilganligi to'g'risidagi axborotni tegishli hodisa ro'y bergan kundan e'tiboran uch kun ichida elektron shaklda, o'zi joylashgan yerdagi soliq organiga ma'lum qilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni bank tomonidan ma'lum qilish tartibi va shakllari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish to'g'risidagi so'roviga binoan bank yozma so'rov olingan kundan e'tiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni berishi shart:
1) mijozning bankda hisobvaraqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni;
2) mijozning hisobvaraqlari va omonatlaridagi (depozitlaridagi) pul mablag'larining qoldiqlari haqidagi ma'lumotlarni;
3) mijozning hisobvaraqlaridagi operatsiyalarga hamda omonatlariga (depozitlariga) doir ko'chirmalarni;
4) soliq to'lovchining soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq boshqa ma'lumotlarni.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli organining so'rovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan so'rab olinishi mumkin.
Soliq organi tomonidan bankka so'rov yuborish shakli va tartibi hamda banklar tomonidan soliq organlarining so'rovlariga ko'ra axborot taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan majburiyatlari
(134-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.