«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

26-modda. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo'lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun javobgarlik

(26-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar sifati, assortimenti va navi bo'yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonunchilikda yoki xo'jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish hamda ularning haqini to'lashni rad etib, yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo'lmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar) haqi to'lab qo'yilgan bo'lsa, to'langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan (pudratchidan) aktseptsiz tartibda undirib olinadi. Jarimani undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to'g'risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin o'n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi belgilangan o'n kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.