Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to'liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko'rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to'laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko'rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to'lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to'liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko'rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
25-modda. Tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, to'liq yetkazib bermaganlik, ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat ko'rsatmaganlik uchun javobgarlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.