Vakolatli davlat organining ko'rsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Ko'rsatmani muddatida ijro etmaganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo'ladi.
Vakolatli davlat organining ko'rsatmasini ijro etmaganlik deganda ko'rsatmani ijro etishdan bo'yin tovlash yoki ko'rsatmani qisman ijro etish yoxud o'z vaqtida ijro etmaslik tushuniladi.
Vakolatli davlat organi tomonidan o'ziga ko'rsatma berilgan shaxslar ko'rsatmani ijro etish muddatini uzaytirish to'g'risida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada ko'rsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organi ko'rsatmani ijro etish muddatini ko'pi bilan uch oyga uzaytirishga haqli.
Vakolatli davlat organi o'z ko'rsatmalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn39-modda. Vakolatli davlat organining ko'rsatmasini ijro etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.