Vakolatli davlat organi raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishni mohiyatiga ko'ra ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagilar haqida qaror qabul qiladi:
raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi fakti aniqlanganligi va tegishli huquqiy ta'sir choralari ko'rilishi haqida;
ish yuritishni tugatish to'g'risida.
Vakolatli davlat organi:
raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan;
o'ziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot etgan;
raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilishi o'ziga nisbatan ish qo'zg'atilgan xo'jalik yurituvchi sub'yekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan;
vakolatli davlat organi ko'rib chiqayotgan raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ishni yuritishni tugatadi.
Vakolatli davlat organining raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan qarori darhol e'lon qilinishi kerak.
O'ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga vakolatli davlat organining raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan ko'rsatma beriladi.
lex.uz’dagi asl matn38-modda. Raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi haqidagi ish yuzasidan vakolatli davlat organining qarori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.