«Raqobat to'g'risida»gi qonun

35-modda. Raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo'zg'atish va ko'rib chiqish

Raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo'zg'atish va ko'rib chiqish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli davlat organi tomonidan o'tkaziladigan tekshiruvlar va o'rganishlar natijalari, jismoniy va yuridik shaxslarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari, tegishli organlarning taqdimnomalari raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qo'zg'atish va ko'rib chiqish uchun asos bo'ladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning hamda yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan raqobat sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar tegishli sudlarda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga muvofiq ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.