Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo'jalik yurituvchi sub'yektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Agar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzadigan harakati (harakatsizligi) tufayli xo'jalik yurituvchi sub'yektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan bo'lsa, mazkur zararning o'rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn34-modda. Yetkazilgan zararning o'rnini qoplash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.