«Qurol to'g'risida»gi qonun

7-modda. Xizmat quroli

Fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni va tabiiy resurslarni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni bajarish chog'ida yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar deb yuritiladi) xodimlari tomonidan, shuningdek davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida foydalanish uchun mo'ljallangan qurol xizmat quroli jumlasiga kiradi. Xizmat quroli qatorasiga o'q uzishni istisno etishi, o'qdon (baraban) sig'imi o'n dona patrondan ortiq bo'lmasligi, kalibri silliq stvolli qurol uchun yigirma besh millimetrdan va og'iz qismidagi quvvat uch yuz ellik joulgacha bo'lgan soyli kalta stvolli qurol uchun to'qqiz millimetrdan oshmasligi kerak. Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning va xizmat qurolini saqlash, olib yurish, undan foydalanish huquqiga ega bo'lgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.