Ov va sport bilan shug'ullanish uchun, shuningdek o'zini o'zi himoya qilish maqsadida foydalanish uchun mo'ljallangan qurol fuqaroviy qurol jumlasiga kiradi.
Fuqaroviy qurol quyidagilarga bo'linadi:
1) ov quroli:
soyli stvolli o'qotar qurol;
silliq stvolli o'qotar qurol, shu jumladan soyli qismining uzunligi bir yuz qirq millimetrdan oshmaydigan o'qotar qurol;
kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o'qotar qurol, shu jumladan almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolli o'qotar qurol;
pnevmatik qurol;
tig'li sovuq qurol (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar);
signal beruvchi qurol;
2) sport quroli:
soyli stvolli o'qotar qurol;
silliq stvolli o'qotar qurol;
tig'li sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar);
uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar);
pnevmatik qurol;
signal beruvchi qurol;
3) o'zini o'zi himoya qilish quroli:
gazli qurol — ko'zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to'ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar;
elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta'siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar.
Fuqaroviy o'qotar qurol qatorasiga o'q uzishni istisno etishi va o'qdon (baraban) sig'imi o'n dona patrondan ortiq bo'lmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
6-modda. Fuqaroviy qurol
(6-модда иккинчи қисми 1-бандининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.