Закон «О рынке ценных бумаг»

41-modda. Deponentning huquq va majburiyatlari

(41-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Deponent quyidagi huquqlarga ega: o'z depo hisobvarag'idagi qimmatli qog'ozlarni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish; investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga o'z depo hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog'ozlarni qimmatli qog'ozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o'tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so'rovlar kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to'g'risida hisobot talab qilish; hujjatsiz va harakatsizlantirilgan hujjatli qimmatli qog'ozlarga bo'lgan mulk huquqini hamda boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga topshirish; shartnoma shartlariga muvofiq o'z depo hisobvarag'ining holati haqida ko'chirma va o'z depo hisobvarag'i bo'yicha o'tkazilgan operatsiyalar to'g'risida hisobot olish. Deponent qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Deponent: o'z vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o'zgartirilganligi to'g'risida investitsiya vositachisini va (yoki) Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysini xabardor qilishi; o'z rekvizitlaridagi barcha o'zgarishlar haqida investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga xabar berishi; investitsiya vositachisi va (yoki) Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi yozma xabarlarining to'g'riligi va to'liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida ularga o'z vaqtida xabar berishi shart. Deponentning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.