Закон «О рынке ценных бумаг»

40-modda. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining huquq va majburiyatlari

(40-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi: O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan va O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalada bo'lgan qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish uchun chet ellik nominal saqlovchiga hisobvaraqlar ochishga; emitent bilan tuziladigan shartnomaga ko'ra daromadlarni (dividendlarni) va qimmatli qog'ozlarning qiymatlarini to'lash uchun mo'ljallangan pul mablag'larini olishga, shuningdek tegishli to'lovlarni amalga oshirishga; jismoniy va yuridik shaxslarning milliy hamda xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakillik hisobvaraqlarini ochishga va yuritishga; xorijiy banklar va markaziy depozitariylarda vakillik hisobvaraqlarini ochishga; qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarni bajarishda investitsiya vositachilaridan va chet ellik nominal saqlovchilardan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olishga haqli. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi: manfaatdor shaxslarning qimmatli qog'ozlarni Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta'minlashi; saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qog'ozlarning but saqlanishini ta'minlashi; o'zining har bir deponentiga tegishli qimmatli qog'ozlar sonining va nominal qiymatining hisobini yuritishi; qimmatli qog'ozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi; o'z deponentlarining depo hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirishga asos bo'lgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi; o'z deponentlarining depo hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o'z deponentining qimmatli qog'ozlarga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvarag'idan tegishli ko'chirma bergan holda tasdiqlashi; depo hisobvaraqlari bo'yicha qimmatli qog'ozlarning mavjudligi va harakati, holati to'g'risidagi axborotning maxfiyligini ta'minlashi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o'z deponentining depo hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalarni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda to'xtatib turishi; o'z faoliyatiga taalluqli ma'lumotlarni qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga ko'ra qonunchilikda belgilangan doirada hamda tartibda taqdim etishi shart. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlarini yuritish vazifasini bajarayotganda: qimmatli qog'ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi; qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni ushbu Qonunga muvofiq taqdim etishi; qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta'minlashi; bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi faktlari ko'rib chiqilgan taqdirda, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar egalarining shakllantirilgan reyestridagi mavjud axborotni O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yozma so'roviga ko'ra taqdim etishi shart; Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining zimmasida qimmatli qog'ozlar egalarining reyestrlarini yuritish vazifasini bajarayotganda qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi: o'ziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog'ozlardan foydalanishga; boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko'rsatishga; boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.