«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

12-modda. Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi

(12-модданинг «л» банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 26 октябрдаги ЎРҚ-795-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.10.2022 й., 03/22/795/0963-сон)

Oxirgi ish joyidan qat'i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo'ladilar: a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar; b) mehnat sharoiti zararli va og'ir ishlarda to'liq ish kuni davomida band bo'lgan xodimlar (3-sonli ro'yxat, I qism): erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo'lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi ko'rsatib o'tilgan ishlarga to'g'ri kelgan taqdirda; ayollar — ish staji kamida 20 yil bo'lib, bundan kamida 10 yili ko'rsatib o'tilgan ishlarga to'g'ri kelgan taqdirda. Mehnat sharoiti zararli va og'ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; z) bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo'lsa — ish staji kamida 20 yil bo'lgan taqdirda. Basharti, ayol o'gay o'g'il va o'gay qizni ular 8 yoshga to'lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo'lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi; k) nogironligi bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta'lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o'qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo'lgan taqdirda (3-sonli ro'yxat, VII qism); l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o'rta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo'lgan taqdirda (3-sonli ro'yxat, VIII qism); m) qariyalarga, nogironligi bo'lgan shaxslarga va yolg'iz fuqarolarga xizmat ko'rsatishda bevosita band bo'lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro'yxat, IX qism): erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo'lgan taqdirda; ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo'lgan taqdirda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.