«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

11-modda. Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi

Oxirgi ish joyidan qat'i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo'ladilar: a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o'ta zararli va o'ta og'ir ishlarda to'liq ish kuni davomida band bo'lgan xodimlar (2-sonli ro'yxat, I qism): erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo'lib, bundan kamida 10 yili ko'rsatib o'tilgan ishlarga to'g'ri kelgan taqdirda; ayollar — ish staji kamida 15 yil bo'lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko'rsatib o'tilgan ishlarga to'g'ri kelgan taqdirda. Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo'lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to'liq yil uchun ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi. Mehnat sharoiti o'ta zararli va o'ta og'ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo'lingan har bir to'liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; b) tsirklar va kontsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bo'lgan taqdirda (2-sonli ro'yxat, II qism).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.