Sug'urta qildiruvchi ushbu Qoidalarning 12-bandida sanab o'tilgan hujjatlarga qo'shimcha ravishda ariza-anketa bo'yicha o'tgan 5 yil mobaynida majburiy sug'urta shartnomasi tuzilgan sug'urtalovchilar tomonidan berilgan transport vositasini boshqarishga qo'yilgan har bir shaxs bo'yicha sug'urtalash to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.
Sug'urtalovchi yagona axborot ma'lumotlar bazasidan transport vositasini boshqarishga qo'yilgan shaxs bo'yicha majburiy sug'urta to'g'risidagi ma'lumotlarni olish huquqiga ega.
Sug'urtalash to'g'risidagi ma'lumotlarni:
majburiy sug'urta shartnomasini birinchi marta tuzayotgan shaxs;
transport vositasini boshqarishga qo'yilgan shaxs sifatida majburiy sug'urta qilishda birinchi martda qatnashayotgan shaxslar;
oldingi majburiy sug'urta shartnomasini tuzgan sug'urtalovchi bo'yicha, shuningdek majburiy sug'urtaning oldingi shartnomasida ko'rsatilgan transport vositasini boshqarishga qo'yilgan shaxslar bo'yicha ushbu sug'urtalovchiga taqdim etishi talab qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matnПравила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)
I2-13-band. II. Majburiy sug'urta shartnomasini tuzish, o'zgartirish va muddatidan oldin to'xtatish tartibi — I2-13-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.