«Notariat to'g'risida»gi qonun

74-modda. Pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga qabul qilish

(74-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Notarius qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog'ozlarni qabul qiladi. Notarius pul summalari va qimmatli qog'ozlar kelib tushganligi haqida kreditorga xabar qiladi hamda uning talabi bo'yicha unga tegishli pul summalari va qimmatli qog'ozlarni topshiradi. Pul summalari va qimmatli qog'ozlarni depozitga majburiyat bajariladigan joydagi notarius qabul qiladi. Notarius pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarni qabul qilish uchun depozit hisobvarag'ini ochishi kerak. Notariusning shaxsiy mablag'larini ushbu hisobvaraqqa o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi. Notarius qarzdorga depozit hisobvarag'i ochilgan bankka taqdim etish uchun pul mablag'lari depozit hisobvarag'iga o'tkazilganligi to'g'risida yozma xabarnoma beradi. Kreditorning yoki qarzdorning depozit hisobvarag'iga qabul qilingan pul mablag'larini va qimmatli qog'ozlarini berish, shuningdek depozitdan foydalanganlik uchun to'lov bank tomonidan notariusning xabarnomasiga asosan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.