Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) o'zga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini ma'lum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qo'ydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bog'liq xarajatlarning o'rnini notarial harakatni amalga oshirishni so'ragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga ko'ra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
(73-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон — 2019 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.