Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda manfaatdor shaxslarning iltimosiga binoan notarius sudda yoki ma'muriy organda ish yuzaga kelgan taqdirda, agar taqdim etish keyinchalik mumkin bo'lmay qoladi yoki qiyin bo'ladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud bo'lsa, dalillarni ta'minlaydi.
Dalillarni ta'minlash maqsadida notarius guvohlarning ko'rsatuvlarini yozib oladi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni ko'zdan kechiradi va guvohlantiradi, ekspertiza tayinlaydi, Internet jahon axborot tarmog'idagi faktlarni tasdiqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
70²-modda. Dalillarni ta'minlash
(70²-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.