Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yig'ilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga ko'ra ushbu yig'ilish o'tkazilishi chog'ida hozir bo'ladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash to'g'risida hamda ushbu qarorni qabul qilish chog'ida hozir bo'lgan ishtirokchilarning (aktsiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yig'ilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonunchilikka va yuridik shaxsning ta'sis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Notariat to'g'risida»gi qonun
70¹-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
(70¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.