«Notariat to'g'risida»gi qonun

19¹-modda. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius faoliyatini sug'urta qilish

(19¹-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda notariusning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasini tuzishi shart. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasini tuzmasdan o'zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga va (yoki) notarial faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaxslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari bo'yicha javobgarligi xavfi bilan bog'liq mulkiy manfaatlar fuqarolik javobgarlikni sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta ob'yektidir. Qonunchilikka zid notarial harakatni amalga oshirish natijasida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki sug'urta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti notariusning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta hodisasidir. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta summasi quyidagi eng kam miqdordan kam bo'lishi mumkin emas: Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning ma'muriy markazlarida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida ming baravaridan; boshqa aholi punktlarida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius faoliyatini tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.