«Notariat to'g'risida»gi qonun

19-modda. Notariusning javobgarligi

(19-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Notarius o'z majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo'ladi. Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan o'z majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning o'rni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, mulkiy javobgar bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rni xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta badali (sug'urta summasi) yoki sug'urta badali yetarli bo'lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol-mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti-harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning o'rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.