Agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, o'n sakkiz yoshga to'lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslar nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a'zolari) bo'lishi mumkin.
Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga o'n to'rt yoshga to'lgan shaxslar, bolalarning nodavlat notijorat tashkilotiga esa o'n yoshga to'lgan shaxslar a'zo bo'lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotiga a'zo bo'lish, a'zolikdan mahrum bo'lish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga ko'ra a'zolikdan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlari bilan belgilanadi.
Rasmiy hujjatlarda u yoki bu nodavlat notijorat tashkilotiga a'zolik yoki uning faoliyatidagi ishtirokning ko'rsatilishini talab qilishga yo'l qo'yilmaydi. Fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotiga mansubligi yoki mansub emasligi ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos bo'la olmaydi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, qatnashchilari (a'zolari) bo'lishi mumkin, O'zbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
18-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining muassislariga, qatnashchilariga (a'zolariga) qo'yiladigan umumiy talablar
(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.