«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

17-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavi

(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi: nodavlat notijorat tashkilotining nomi, maqsad va vazifalari, uning tashkiliy-huquqiy shakli, u o'z faoliyatini amalga oshiradigan hudud; nodavlat notijorat tashkilotining tuzilmasi va rahbar organlari, zaruratga qarab uning nazorat-taftish organlari (ijtimoiy fondlar uchun — majburiy) yoki auditorlarni (auditorlik firmalarini) jalb etishning majburiyligi; rahbar organlarning vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari, doimiy asosda ishlaydigan rahbar organ joylashgan yer; a'zolik belgilangan birlashmalar uchun — a'zo bo'lish va a'zolikdan mahrum bo'lish shartlari va tartibi, a'zolarning huquq va majburiyatlari; pul mablag'lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning tarkibiy bo'linmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari; qayta tashkil qilish va tugatish tartibi; ustavga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish tartibi. Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida uning ramziy belgilari tavsifi bo'lishi mumkin. Ustavda nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga taalluqli, qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.